Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabariga ko`ra, Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.S. va O.K.lar o`zaro til biriktirib, Qibray tumanidagi 3 gektar er maydonini fuqaro G.ga issiqxona tashkil etish uchun tanishlari orqali 350 000 AQSh dollari evaziga rasmiylashtirib berishni va`da qilib, shundan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






