2022/2023 o`quv yilidan davlat umumiy o`rta ta`lim muassasalarida o`quvchilar uchun maktab formasi to`liq joriy etiladi.
Kam ta`minlangan oilalar farzandlari uchun maktab formasi mahalliy byudjet hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg`armalari mablag`lari hisobidan sotib olinishida ko`maklashiladi.
2022 yil 10 avgustdan har bir tuman (shahar)da maktab formasi ishlab chiquvchilarning savdo shoxobchalari tashkil etiladi.
Ta`lim muassasasi tomonidan barchaga ko`rinadigan joylarga maktab formasini qaerda va qanday tartibda xarid qilish mumkinligi to`g`risida tegishli e`lon joylashtiriladi hamda ota-onalar o`rtasida tushuntirish ishlari olib boriladi.