16-20 may kunlari Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida o`tkazilgan “Deklarasiyalar muloqoti” xalqaro forumi ishtirokchilari tomonidan qabul qilingan Buxoro deklarasiyasi BMT Bosh Assambleyasi 76-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida e`tirof etildi.
Hujjat BMTning oltita rasmiy tiliga – ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va fransuz tillariga tarjima qilinib, BMTning barcha a`zo davlatlar, ixtisoslashgan muassasalariga tarqatilgan.
Buxoro deklarasiyasi ma`rifat va bag`rikenglik madaniyati g`oyalarini ilgari surish, turli din vakillarining milliy an`analarini hurmat qilish va ularning huquqlarini ta`minlash, konstruktiv muloqotni mustahkamlashga qaratilgan.






