AsosiyJamiyat

“Xavfsiz va ravon yo`l” umummilliy dasturi tasdiqlandi

'“Xavfsiz va ravon yo`l” umummilliy dasturi tasdiqlandi'ning rasmi

Prezident qarori (PQ–316-son, 12.07.2022 y.) bilan 2022–2026 yillar davomida respublika hududida amalga oshirilishi mo`ljallangan “Xavfsiz va ravon yo`l” umummilliy dasturi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Dastur doirasida:

  • avtomobil yo`llari infratuzilmasi kompleks takomillashtiriladi;
  • avtomobil yo`llarida harakatni boshqarish tizimi raqamlashtiriladi;
  • jamoat transporti rivojlantiriladi va raqamlashtiriladi.  

 

 Xususan, Qoraqalpog`istondagi shahar yo`lovchi transportining 70 ta bekatlarida yo`lovchilarga zarur bo`lgan barcha ma`lumotlarni real vaqt rejimida elektron taqdim etuvchi monitorlar joylashtiriladi.

Toshkent shahrida 30 ta avtomatlashtirilgan yo`l bo`yi pullik to`xtab turish joylari tashkil etiladi.

    Boshqa yangiliklar