HUMO kartalarining terminallari va to`lov ilovalari vaqtincha cheklandi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, shoshilinch profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan yaqin 20 daqiqa davomida terminallar, bankomatlar va mobil ilovalar orqali to`lovlarni amalga oshirishda qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.






