AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda 3 egizak dunyoga keldi

'Qashqadaryoda 3 egizak dunyoga keldi'ning rasmi

Joriy yilning 8 iyul kuni Qashqadaryo viloyat perinatal markazida 3 egizak dunyoga keldi.  Bu haqda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi  Darakchi.uz ga xabar bermoqda.

Koson  tumanining “Guvalak” mahallasida yashovchi 26 yoshli Elsarieva  O`g`iloy  birvarakayiga 3 egizak farzandlarni dunyoga keltirdi. Egizaklarning tug`ilishi 8 iyul kuni soat 7:30 da Koson  tuman FHDY bo`limi tomonidan qayd qilinib, tug`ilganlik guvohnomalari topshirildi.  

Ta`kidlanishicha, tug`ruq tabiiy yo`l asosida, asorasiz o`tkazilgan. Egizaklarning kattasi 1.200 kilogramm, ikkinchisi 2,260 kilogramm va uchinchisi 1.130 kilogramm vazn bilan tug`ilgan bo`lib, ularga Shavkat, Miromon va Mirziyo ismlari qo`yilgan.  

Oila vakillari ayni paytda go`daklarning ahvoli yaxshiligini, ona va bolalar hali ham viloyat perinatal markazida shifokorlar nazorati ostida ekanligini ma`lum qilishdi.

Malumot o`rnida:  2022 yilning 6 oyi davomida Koson tumanida 3421 ta chaqaloq dunyoga kelgan. Shundan  1746 tasi o`gil bola, 1675 ta qiz bolaga to`g`ri keladi.

    Boshqa yangiliklar