AsosiyJamiyat

Katta Farg`ona kanalidan 30-40 yoshlar chamasidagi erkak jasadi topildi

'Katta Farg`ona kanalidan 30-40 yoshlar chamasidagi erkak jasadi topildi'ning rasmi

2022 yil 25 iyun kuni Katta Farg`ona kanalining Qo`shtepa tumani, Do`rmon m.f.y., Xo`jaqishlog`i xududidan oqib o`tgan qismidan osiyo millatiga mansub, yoshi taxminan 30-40 larda bo`lgan, bo`yi 165-170 sm  erkak  jinsiga mansub, shaxsi noma`lum murda topilgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, fuqaroning egnida engi kulrang rangli, ichi mexli, chap ko`krak qismida “FUEC GARAGE” yozuvli sport kurtkasi, ichida kulrang rangli futbolka, qora rangli  «MASTER-CLASS»  hamda  “RUSSIA” yozuvli trikolari, oyog`ida qora rangli krasovka bo`lgan.

Mazkur shaxs xaqida biror bir malumotga ega bo`lganlarni yaqin oradagi IIO lariga yoki 102 qisqa raqamiga qo`ng`iroq qilib xabar berishlari so`raladi.

    Boshqa yangiliklar