O`zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o`rtacha 1,8 ming kishiga oshmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi xabar qilmlqda.
Qo`mita ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning 1 iyul holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 35,6 mln. kishini tashkil etmoqda.
Yil boshidan buyon doimiy aholining o`sish sur`ati 0,9 % ga oshgan.
Mamlakatimiz aholisi yil boshidan buyon har oyda o`rtacha 55,3 ming kishiga ko`paygan.
Shunday qilib, 2022 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o`rtacha 1,8 ming kishiga ko`paymoqda.