O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 21 iyul kuni Qirg`izistonga tashrif buyuradi. Bu haqda "24.kg" xabar berdi.
Qirg`iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubaev va O`zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov 13 iyul kungi telefon orqali muloqot chog`ida tashrif haqida ma`lumot bergan. Mirziyoev Cho`lpon-Ota shahrida bo`lib o`tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 4-maslahat uchrashuvida ishtirok etishi xabar qilingan.
Diplomatlar suhbat chog`ida O`zbekiston–Qirg`iziston do`stlik, yaxshi qo`shnichilik, strategik sheriklik munosabatlari va kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilgan. Bo`lajak turli darajadagi ikki va ko`p tomonlama uchrashuvlarga tayyorgarlik ko`rish borasida keng qamrovli ishlarni amalga oshirish muhimligi qayd etilgan.






