AsosiyJamiyat

“Yo`llardan foydalanish” korxonasi bo`limi boshlig`i jinoyat ustida ushlandi

'“Yo`llardan foydalanish” korxonasi bo`limi boshlig`i jinoyat ustida ushlandi'ning rasmi

Tadbirkorga savdo do`koni qurishga ruxsat olib bermoqchi bo`lgan bo`lim boshlig`i ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi. 

Departament hamda DXXning Rishton tumani bo`limlari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Bag`dod tumani “Yo`llardan foydalanish” UKning harakat xavfsizligini ta`minlash bo`limi boshlig`i B.T. tadbirkor D.ga avtobekat o`rnida savdo do`koni va avtobekat qurishi uchun tanishlari orqali ruxsatnoma olib berish evaziga 350 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar