Kelayotgan 7 kunlikda Shoximardonsoy, Isfayramsoy va So`x daryolarida suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Bu haqda “O`zgidromet“ bosh direktori Sh. H. Habibullaev xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 18 iyuldan 24 iyulga qadar Farg`ona viloyatiga qo`shni Qirg`izistondan oqib keluvchi daryolarda glyasial(muz) vaziyat tufayli suv toshqin xavfini e`lon qildi.
Mazkur hududlarda yashovchi va dam oluvchilardan xushyor bo`lishlari so`raladi.






