1

«Xitoy – Qirg`iziston – O`zbekiston» temir yo`li qurilishi loyihasi Evroosiyo iqtisodiy ittifoqining ustuvor yo`nalishlari ro`yxatiga kiritildi

Siyosat 18.07.2022, 09:40
«Xitoy – Qirg`iziston – O`zbekiston» temir yo`li qurilishi loyihasi Evroosiyo iqtisodiy ittifoqining ustuvor yo`nalishlari ro`yxatiga kiritildi

Belarusning Vitebsk shahrida bo`lib o`tgan Evroosiyo iqtisodiy komissiyasi (EIK) Kengashining navbatdagi yig`ilishida Evroosiyo hukumatlararo kengashining “EOIIga a`zo davlatlarning transport sohasidagi ustuvor integrasiyaviy infratuzilma loyihalari ro`yxati to`g`risida”gi farmoyishi loyihasi tasdiqlandi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”  AA.

“EIKga raislik qilayotgan Qirg`iziston taklifiga ko`ra, mazkur ro`yxatga 2 ta loyiha kiritildi: “Xitoy-Qirg`iziston-O`zbekiston temir yo`li qurilishi” va “Lugavaya-Baliqchi temir yo`l uchastkasini elektrlashtirish”, deb yozadi Qirg`izistonning “Kabar” Milliy axborot agentligi.

Ma`lumot uchun, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 27 may kuni Oliy Evroosiyo iqtisodiy kengashi yig`ilishidagi nutqida quyidagilarni ta`kidlagan edi: “Eng yaqin vaqtda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bozorlariga chiqish uchun qo`shimcha imkoniyatlar yaratadigan “O`zbekiston – Qirg`iziston – Xitoy” temir yo`lini qurish loyihasini amaliy ro`yobga chiqarishga kirishishni rejalashtirmoqdamiz. Ushbu yo`l “Sharq – G`arb” yo`nalishida mavjud temir yo`l magistrallarining imkoniyatlarini kengaytiradi”.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1