1

Ota sud zalida o`z qizidan voz kechdi

Jamiyat 26.07.2016, 16:38
Teglar: Jazo, Jinoyat
Ota sud zalida o`z qizidan voz kechdi

Toshkent shahrida yashaymiz. Oilada to`rt farzandmiz. Bitta singlim va ikkita ukam bor. Ota-onam davlat ishida ishlaydi. Ular bizni hech narsaga zor qilmay, halol mehnat evaziga katta qilishdi. Ikkalasi ham o`qimishli, ziyoli bo`lgani uchun biz farzandlarining ham o`qishiga sharoit yaratib berdi. Oilada katta farzand bo`lganim sababli dastlab mening o`qishlarimga ko`proq e`tibor qaratishdi. Maktabni a`lo baholarga bitirganimdan so`ng, chet tillariga ixtisoslashgan liseyda o`qishimni davom ettirdim. U erda o`qib yurgan kezlarim tegishli fanlardan repetitorga qatnardim. Ota-onam iqtisodiy tomondan qiynalsa-da, fanlardan tayyorlanishim uchun menga sharoit yaratib berdi.

Liseyni bitirgach poytaxtimizdagi nufuzli oliy ta`lim muassasalarining biriga hujjat topshirdim va davlat granti asosida o`qishga qabul qilindim. Imtihon natijalari e`lon qilingach, mendan ko`ra ota-onam qattiqroq suyundi. O`sha kuni otam menga “Umida qizim, sen bilan faxrlanaman!” dedi. Onajonim sevinchdan ko`zlariga yosh oldi. Hatto, otam mening o`qishga kirganim sharafiga qarindosh-urug`, yoru-do`stlarni chaqirib, ziyofat uyushtirdi.

“Talabalik oltin davrim” deb bejiz aytishmas ekan. Haqiqatdan ham talabalik o`zgacha davr bo`larkan. Vaqt shu qadar tez o`tdiki, qanday qilib uchinchi kurs bo`lib qolganimizni bilmayman. Bu paytga kelib men rus va ingliz tillarida bemalol so`zlashadigan bo`ldim. Qo`shimcha til sifatida arab tilini o`rganishga qiziqib qoldim. Hammasi shundan boshlandi. Arab tilini o`rganish uchun universitet kutubxonasidan bir qancha kitoblar olganimga qaramay, internet orqali ham turli ma`lumotlar bilan tanishishga kirishdim. Endi bilsam, internetga joylashtirilgan kerak, nokerak, to`g`ri, noto`g`ri ma`lumotlarni ajratmasdan o`rganib katta xatoga yo`l qo`yibman. Bu ham etmaganday turli ijtimoiy guruhlarga ham a`zo bo`lib ularning yozishmalarida ishtirok etardim. Ayniqsa, internet orqali o`zini Misrdagi Al-Azhar universiteti talabasi deb tanishtirgan Yusuf ismli yigit bilan tez-tez yozishib turardim.

Arab tilini o`rganish ishtiyoqi va Yusufning da`vatlari beixtiyor menda islom diniga qiziqishni kuchaytirib yubordi. Shu-shu internet orqali Yusuf bilan suhbatimiz boshlarida arab tilini o`rganishga urg`u bergan bo`lsak, asta-sekin u menga islom dinidan saboq bera boshladi.

Yusuf bilan ko`proq yozishgim kelardi. Uning nimasidir meni o`ziga tortardi. Olisda bo`lsa-da, o`zini bir bor ko`rmagan bo`lsam-da, kundan-kunga unga qattiq bog`lanib qola boshladim. Har kuni u menga diniy mazmundagi video va audiomateriallarni yuborardi. Ushbu ma`lumotlar bilan tanishib chiqqanimdan so`ng Yusuf ularning mazmunini izohlab berardi. Shu tariqa ikki-uch oy gaplashib yurdik. Rus va ingliz tillari u yoqda tursin, hatto arab tilini ham o`rganishni unutib, Yusufning ko`rsatmasiga binoan ko`r-ko`rona islom dinini internet orqali targ`ib qilishni boshladim. Men internetdagi turli ijtimoiy guruhlarga diniy mazmundagi ma`lumotlarni joylashtirish bilan shug`ullanardim. Ushbu ma`lumotlar tag-zamirida nima mujassamligi haqida o`ylab ham ko`rmasdim.

Yurish-turishim o`zgargani va o`qishdagi o`zlashtirish ko`rsatkichlarim tushib ketgani bois universitet ma`muriyati ota-onamni chaqirtirishdi. Ular ikkalasi ham o`qishimizga kelib, ustozlarim bilan gaplashishdi. Ushbu suhbatda nimalar haqida gap ketganini bilmadim-u, lekin yaxshi gaplar bo`lmagani aniq edi. O`sha kuni kechki ovqatdan keyin ota-onam menga nima bo`layotganini, qanday muammoyim borligini so`radi. Ularga hammasi joyidaligini aytdim. O`qishlarimni yana avvalgi holga keltirib, bundan buyon faqat a`lo baholarga o`qishimni, yuzlarini erga qaratmasligimni aytib, ko`zimga yosh oldim. Bu qutilishning eng oson yo`li edi. Bo`lmasam nima bo`lgani haqida qistovga olishardi va men qiyin ahvolda qolardim. Shu tariqa hammasi silliq ko`chdi. Menga ko`p savollar berilmadi, ota-onam menga ishonishini ma`lum qildi.

Yana bir bor uydagilarning ishonchiga kirganimdan so`ng hech narsa bo`lmaganday ishlarimni davom ettiraverdim. Lekin bu ko`pga cho`zilmadi. Internet oqali o`zini al-Azhar universiteti talabasi deb tanishtirgan Yusuf aslida qidiruvdagi ashaddiy jinoyatchi, terroristik oqim a`zosi bo`lib chiqdi. Men unga qo`shilib, internet orqali terroristik oqim g`oyalarini tarqatganim uchun huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan qo`lga olinib, jinoiy javobgarlikka tortildim. Otam “mening senday qizim yo`q, lan`at senga, bundan ko`ra o`lganing yaxshi edi” deya sud zalidan chiqib ketdi...

Bir paytlar men bilan faxrlanishini g`urur bilan aytgan otam mendan kechib ketishi-yu, o`sha damlar sevinchdan ko`zlariga yosh olgan bechora onam endi g`am, anduh, alam va qayg`u bilan faryod solishi-yu, doimo kulib, quvnoq bo`lib yuradigan singlim va ukalarimning sassiz o`kinch bilan yig`lashi barcha-barchasi mening birgina xatom tufaylidir!

Agar boshqa narsalarga chalg`imasdan tinchgina o`qiganimda bugun universitetni bitirgan, biror joyda ishlayotgan, bir oilaning bekasi, shirindan-shirin bolalarning onasi, kimningdir suyukli yori bo`lardim...

Eng yomoni meni deb oilamizdan baraka ketdi. Ota-onam sog`lig`idan ayrildi. Singlim va ukalarimning o`qishlari yarim yo`lda qolib ketdi. Otam ularning oliy ta`lim muassasasiga o`qishga topshirishiga ruxsat bermadi. Chunki, men ota-onamning ishonchini oqlolmadim! Yuzlariga oyoq qo`yib, elu-yurt oldida sharmanda qildim!

Umida Botirova, Toshkent shahri

Sharhlar

Jizzaxda 39 yoshli erkak xotinini urib o`ldirdi (video)

07.09.2022, 12:07

Jizzaxda ayol o`z eri tomonidan o`ldirildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 2 sentyabr kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumani Yangihayot...
Namanganda 21 yoshli yigitni qotiliga aylangan blogerga nisbatan qamoq jazosi tayinlandi

10.01.2022, 21:58

Namanganda 150 ming so`m evaziga Instagram sahifasidagi obunachilarini ko`paytirish ortidan ikki bloger o`rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik qotillik bilan tugadi.Qayd etilishicha, hodisa Chust tumanida o`tgan yilning...
Rossiyada vaksinadan bosh tortgan xodimlar jazolanmoqda

16.08.2021, 12:20

Rossiyada vaksinadan bosh tortgan xodimlar jazolanmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma`lum qildi.Unga ko`ra, Rossiyadagi har beshta kompaniyaning biri koronavirusga qarshi vaksina olishdan bosh...
Termizda qidiruvdagi qochqin qo`lga olindi

10.08.2021, 17:29

Termizda qidiruvdagi qochqin qo`lga olindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha, Termiz tumani “Sh.Rashidov” mahallasida yashovchi fuqaro X.Ilhom 2021 yil 29 iyun kuni...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1