AsosiyMadaniyat

«Meros» filmi yana ikkita xalqaro sovrinni qo`lga kiritdi

'«Meros» filmi yana ikkita xalqaro sovrinni qo`lga kiritdi'ning rasmi

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan «Meros» filmi joriy oy Singapurda o`tkazilgan "Singapore International Film Festival-2022" va Hindistonda o`tkazilgan “Oltin tulpor” ("Golden Horse Film Festival") xalqaro kinofestivallarida "Eng yaxshi xorijiy film" nominasiyasi bo`yicha g`olib bo`ldi.

Badiiy film o`zbek va qozoq xalqlarining abadiy do`stligi, an`analari haqida hikoya qiladi. Ssenariy muallifi va rejissyor Hilol Nasimov, postanovkachi operator Husan Aliev, kompozitor Dmitriy Yanov-Yanovskiy, postanovkachi rassom Fazliddin Turdiev.

Mazkur film Peru va Hindiston davlatlarida o`tkazilgan xalqaro kinofestivalda qatnashib, «Yilning eng yaxshi xorijiy filmi» nominasiyasida g`oliblikni qo`lga kiritgan. Shuningdek, may oyida Rossiyada bo`lib o`tgan “Zolotoy Vityaz” kinoforumida “Qozoq va o`zbek xalqlari o`rtasidagi an`ana va munosabatlarning umumiyligi mavzusini ochib bergani uchun” maxsus diplom bilan taqdirlangan.

Ma`lumot uchun, yaqin kunlarda "Meros" filmi Rossiyaning Qozon shahrida bo`lib o`tadigan Xalqaro kinofestivalning tanlovdan tashqari dasturida namoyish etilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar