AsosiyDunyo

Ispaniyada jazirama issiqdan 500 nafardan ziyod odam vafot etdi

'Ispaniyada jazirama issiqdan 500 nafardan ziyod odam vafot etdi'ning rasmi

Ispaniyada kuzatilgan jazirama issiqlik besh kun ichida 500 nafardan ziyod kishining o`limiga olib keldi. Bu haqda «EFE» xabar berdi.

Sinoptiklarning ma`lumotiga ko`ra, so`nggi kunlarda mamlakatda havo harorati 40 darajadan oshgan, ayrim hududlarda esa 45 darajagacha ko`tarilgan. 10 iyuldan 18 iyulgacha bo`lgan davrda havo haroratining keskin oshishi oqibatida 500 dan ziyod kishi vafot etgan.

O`limlar sonining eng yuqori cho`qqisi 14 iyul kuni kuzatilgan. Bu davrda qirollikning 93 nafar aholisi vafot etgan. Ko`pincha 75 yoshdan oshgan fuqarolar issiq harorat qurboniga aylanmoqda. Ispaniya iyun oyida issiqlik bilan bog`liq 829 kishining o`limini tasdiqlagan.

    Boshqa yangiliklar