1

Yaqin kelajakda O`zbekiston-Eron innovasiya forumi bo`lib o`tadi

Siyosat 19.07.2022, 20:14
Yaqin kelajakda O`zbekiston-Eron innovasiya forumi bo`lib o`tadi

Shavkat Mirziyoev Eron Islom Respublikasi vise-prezidentini qabul qildi. 

Unda bo`lajak O`zbekiston-Eron innovasiya forumi va ishbilarmonlik tadbirlari doirasida qabul qilinadigan qo`shma qarorlar va imzolanadigan bitimlarni amalga oshirish bo`yicha “yo`l xaritasi”ni qabul qilish yuzasidan kelishuvga erishildi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, uchrashuv avvalida Sorena Sattoriy davlatimiz rahbariga Eron Prezidenti Ibrohim Raisiyning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi.

Suhbatda ko`p qirrali O`zbekiston-Eron munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari ko`rib chiqildi. Fan, innovasiya va texnologiyalar sohasida qo`shma dastur va loyihalarni ilgari surishga alohida e`tibor qaratilgani aytiladi.

Ma`lumotlarga ko`ra, ikki tomonlama muloqotlar savdo ko`rsatkichlari va kooperasiya loyihalari soni ham ortib bormoqda. O`tgan yili tovar ayirboshlash 73 foizga, joriy yil boshidan esa yana 22 foizga oshgan.

Shu bilan birga, qo`shma ilmiy-amaliy tadqiqotlar o`tkazish borasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish, izlanish ishlari va venchur tashabbuslarini moliyalashtirishga xususiy sektorni jalb qilish, oliy ta`lim muassasalari o`rtasidagi dasturlarni qo`llab-quvvatlash, bio va nanotexnologiyalar, IT sohalarida, farmasevtika va boshqa tarmoqlarda qo`shma loyihalarni amalga oshirish uchun mavjud imkoniyatlar qayd etilgan.

Dilbar Abdunabieva.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1