Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi 2016 yilning 1 avgust kuni poytaxtning ayrim ko`chalarida barcha turdagi transport vositalari harakati cheklanishini ma`lum qiladi.
Mazkur cheklov poytaxtimizdagi oliy o`quv yurtlariga kirish uchun test sinovlari o`tkazilishi munosabati bilan soat 06.00 dan to test sinovlari tadbiri tugaguniga qadar davom etadi:
Olmazor tumanida:
- Universitet ko`chasi bo`ylab Forobiy ko`chasidan Talabalar ko`chasiga qadar;
- Shifokor 1-tor ko`chasi bo`ylab Shifokor ko`chasidan TXAYga qadar;
Mirzo Ulug`bek tumanida:
- Qori Niyoziy ko`chasi bo`ylab Niyozbek yo`li ko`chasidan Osiyo ko`chasiga qadar;
Shayxontohur tumanida:
- Paxtakor ko`chasi bo`ylab;
Uchtepa tumanida:
- Reshetov ko`chasi bo`ylab Uyg`ur ko`chasidan B. Nosirov ko`chasiga qadar;
Yakkasaroy tumanida:
- Shohjahon ko`chasi bo`ylab Askiya ko`chasidan Imom-at-Termiziy ko`chasiga qadar;
- Bratislava ko`chasi bo`ylab Shota Rustaveli ko`chasidan Yusuf Xos Hojib ko`chasiga qadar;
- Yusuf Xos Hojib ko`chasi bo`ylab Bratislava ko`chasidan Bog`tepa ko`chasiga qadar;
Mirobod tumanida:
-Shahrisabz ko`chasining Taras Shevchenko ko`chasidan Amir Temur shox ko`chasiga qadar.
Shuni ta`kidlash lozimki, test sinovlari bo`lib o`tadigan boshqa joylarda ham vaziyat taqozo etganda, transport harakati vaqtincha cheklanishi mumkin.





