Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida respublika bo`yicha jami 108 934 ta nikoh holatlari qayd etilgan.
Ma`lum qilinishicha, bu o`tgan yilning mos davriga nisbatan 10 062 taga kam. Joriy 6 oyda eng ko`p nikoh Samarqand, Qashqadaryo va Farg`ona viloyatlarida qayd etilgan.
Hududlar kesimida tuzilgan nikohlar soni:
-Qoraqalpog`iston R. – 7 314 ta
-Andijon viloyati – 8 999 ta
-Buxoro viloyati – 6 531 ta
-Jizzax viloyati – 4 148 ta
-Qashqadaryo viloyati – 10 798 ta
-Navoiy viloyati – 3 039 ta
-Namangan viloyati – 7 054 ta
-Samarqand viloyati – 11 513 ta
-Surxondaryo viloyati – 9 573 ta
-Sirdaryo viloyati – 2 744 ta
-Toshkent viloyati – 9 040 ta
-Farg`ona viloyati – 10 792 ta
-Xorazm viloyati – 8 074 ta
-Toshkent shahri – 9 315 tani tashkil etmoqda.