AsosiyJamiyat

200 ming so`mlik pullar nima maqsadda chiqarilgan?

'200 ming so`mlik pullar nima maqsadda chiqarilgan?'ning rasmi

 O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2022 yilning 15 iyulidan boshlab yangi ko`rinishdagi nominal qiymati 200 000 so`m bo`lgan banknot shaklida pul belgilarini muomalaga chiqara boshlagan edi. 

Ushbu pulning muomalaga chiqarilishi ijtimoiy tarmoqlarda turli talqin qilinib, muhokama etildi. Bugun Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov ishtirokida bo`lib o`tgan matbuot anjumanida bank raisi ayrim blogerlarga o`z e`tirozini bildirdi. 

Markaziy bank raisining ta`kidlashicha, 200 ming so`mlik banknotasni muomalaga chiqarishdan maqsad odamlarga qulaylik yaratishdan iborat.

“200 000 so`mlik pulni chiqargan bilan inflyasiyani to`xtatib bo`lmaydi. Va buni inflyasiyani to`xtatish yoki bankomatlar uchun chiqarganimiz yo`q. Asosiy maqsadimiz — odamlarga qulaylik yaratish. Umum e`tirof etilgan naqd pulni o`z qoidalari bor: eng yirik banknotadagi pul o`rtacha oylikning kamida 30-40 foiziga teng bo`lishi kerak. Ayrim davlatlarda bu ko`rsatgich 50 foizni tashkil etadi.

Odamlarimizning o`rtacha xarid summasini qancha bo`lyapti? Hozir o`rtacha xarid summasi 200-300 ming so`m, 500 ming so`mdan oshayotgan holatlari ham bor. Biz buni segmentlar bo`yicha o`rganamiz — dehqon bozorlari, bozor komplekslari... Huddi o`sha o`rganishlarimiz 200 ming so`mlikni kutib o`tirmasdan avvalroq chiqarishga asos bo`ldi”, —dedi M.Nurmurodov.

 

    Boshqa yangiliklar