Sal avval Darakchi.uz' Toshkent viloyatida Suriyadagi jangarilarga qo`shilishni reja qilgan 8 nafar yigit qo`lga olinganini xabar bergandi.
Ayni paytda viloyat IIB taqdim qilgan ma`lumotga ko`ra, tegishli idoralar xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda O`zbekistonda faoliyati taqiqlangan ekstremistik va terroristik oqim g`oyalarini targ`ib qiluvchi turli diniy mazmundagi materiallarni tarqatib kelayotgan va Suriyadagi jangarilar, jihodchilar terroristik oqimi safiga qo`shilishni maqsad qilgan shaxs qo`lga olindi.
Xususan, 1998 yilda tug`ilgan Sh.A. (Parkent T.) telegram messenjeridagi profili orqali ekstremistik va terroristik oqim g`oyalarini targ`ib qiluvchi turli diniy mazmundagi materiallarni tarqatib kelayotganligi aniqlangan.
"Ushbu shaxs, “jihod” qilish va Suriyadagi jangarilar safiga qo`shilish maqsadida, Turkiya davlati orqali Suriya davlatiga chiqib ketishi oldidan ushlandi",-deyilmoqda.
Ma`lum bo`lishicha, hozirda ushbu shaxsga nisbatan va ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” tanlanib, jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Dilbar Abdunabieva.






