Bugun, 26 iyul kuni O`zbekistonda havo hali ham issiq bo`ladi, faqat Xorazm viloyatida ertalab ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shimolda, janubda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlari bilan kuzatilishi mumkin. Farg`ona viloyatining tog` oldi va tog`li hududlarida glyasial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Havo harorati 38-43°, janubda ba`zi joylarda 45° gacha, shimolda 32-37° bo`ladi.
Poytaxtimizda havo quyoshli bo`ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, kunning ikkinchi yarmida 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 41-43° atrofida saqlanib turadi.
Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kunduzi 30-35° bo`ladi.






