1

Afg`onistonda barqarorlik bo`lmasa O`zbekistonda ham, butun Markaziy Osiyo mintaqasida ham xavfsizlik va barqaror rivojlanishga erishib bo`lmaydi — Shavkat Mirziyoev

Siyosat 26.07.2022, 10:05
Afg`onistonda barqarorlik bo`lmasa O`zbekistonda ham, butun Markaziy Osiyo mintaqasida ham xavfsizlik va barqaror rivojlanishga erishib bo`lmaydi — Shavkat Mirziyoev

Toshkent shahridagi "Hilton" mehmonxonasida Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan bo`lib o`tayotgan “Afg`oniston: Xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusidagi xalqaro konferensiyada O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo`yicha maxsus vakili Abdulaziz Kamilov  Prezident Shavkat Mirziyoevning konferensiya ishtirokchilariga murojaatini o`qib eshittirdi. Bu haqda "darakchi.uz" muxbiri xabar bermoqda. 

Dalvt rahbari murojaatida ming yillar davomida o`zbek va afg`on xalqlari yonma-yon yashab kelgani, bizni umumiy madaniy, ma`naviy va tarixiy qadriyatlar, yagona din va buyuk ajdodlar merosi birlashtirib turishini ta`kidladi.

"Amudaryoning narigi sohilida tinchlik bo`lmasa O`zbekistonda ham, butun Markaziy Osiyo mintaqasida ham xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga erishib bo`lmaydi. Shu sababli o`zining yangi tarixida chuqur ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar inqirozga duch kelayotgan Afg`onistonga nisbatan e`tibor dunyoda tobora susayib borayotgani xavotir uyg`otmasdan qolmaydi",  deya ta`kidlanadi Prezidentmurojaatida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1