Turkiya munisipal hukumati davlat to`ntarishini amalga oshirishga intilgan xoinlarni dafn etish uchun alohida er ajratdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Uni Istambul meri Qodir To`pbosh “xoinlar qabristoni” deb atadi. Qabriston shahardan uzoq bo`lmagan joyda bo`lib, bu erga isyon ishtirokchilari va tashkilotchilarini dafn etish ko`zda tutilgan. Ayni paytda “xoinlar qabristoni”ga bir kishi, kapitan Mehmet Qorabekir dafn etilgan.
Bunday qabristonning tashkil etilishi diniy arboblarning noroziligiga sabab bo`ldi. “Xoinlar qabristoni”ni tashkil qilish Istambul merining g`oyasi bo`lgan, ammo bundan Turkiya prezidenti Rajap Erdo`g`anning xabari bor-yo`qligi hozircha noma`lum.