Surxondaryo viloyati. 2022 yil 26 iyul kuni soat 10:50 da Jarqo`rg`on tumani “Nurli diyor” mahallasida yashovchi 24 yoshli M.M., viloyat IIBning 102 qisqa raqamiga qo`ng`iroq qilib, unda shu kuni soat 10:20 da Jarqo`rg`on tumanida joylashgan Dehqon bozorining oldiga o`ziga tegishli bo`lgan “Nexia-3” rusumli avtomashinasida kelib, avtomashinasining eshiklarini ochiq holda qoldirib, uzi ish bilan bozorga kirib ketganligidan foydalangan noma`lum shaxs, “start stop” tugmasi orqali avtomashinani o`t oldirib, olib qochib ketganligini ma`lum qilib, ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko`rishni va avtomashinasini topishda amaliy yordam berishni so`ragan.
Mazkur holat yuzasidan viloyat YHXB tomonidan e`lon qilingan to`sib ushlash tadbiri jarayonida, M-41 avtomobil yo`lining Qumqo`rg`on tumani “Jarqishloq” mahallasi hududidan o`tuvchi Viloyat YHXB inspektorlari tomonidan jabrlanuvchiga tegishli bo`lgan “Nexia-3” rusumli avtomashinasini Denov tumani “Yulduzli” ko`chasi 26-uyda istiqomat qiluvchi muqaddam ushbu turdagi jinoyatni sodir etganligi uchun javobgarlikka tortilgan 18 yoshli S.M. tomonidan olib qochib ketayotganligi aniqlanib, to`sib ushlash yo`li bilan ushlanib, ushbu avtomashina ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Denov tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan S.M.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 2-qismi “G” bandi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prosessual tartibda ushlangan.
Hozirda yuqoridagi shaxs nima sababdan ushbu jinoyatga qo`l urganligi aniqlanmoqda.






