Fuqaro tijorat banklarining biridan uy-joy qurish uchun 150 million so`m kredit ajratib berish hamda hech qaerda ishlamasa-da ish xaqi hisoblanganligi haqida ma`lumotnoma olib berish evaziga pora talab qilgan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.J. boshqa bir fuqaro A.ga tanishlari yordamida tijorat banklarining biridan uy-joy qurish uchun 150 mln so`m kredit ajratib berish hamda hech qaerda ishlamasada ish xaqi hisoblanganligi haqida ma`lumotnoma olib berish evaziga jami 1 900 AQSh dollari va 280 ming so`mini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.






