Milliy Gvardiya Matbuot xizmatining xabar qilishicha, joriy yilning 20 iyul kuni soat 15:44 da Chorguzar ko`chasidagi tug`uruqxonada asakalik 1978 y.t. R.D tug`uruqxona bosh shifokori Q.S.ning xizmat xonasiga kirib, eshikni ichki qismidan qulflab olgan holda, tug`uruq vaqtida vafot etgan farzandining o`limida shifokorlarni ayblab, uni o`ldirish bilan tahdid qilgan.
Xodimlar voqea joyiga etib borib, huquqbuzardan eshikni ochishni so`raganda, u prokurorni chaqirishni talab qilgan.
Voqea joyiga Andijon shahar IIO va FMB rahbarlari, Andijon shahar prokurori etib kelib, R.D.ni eshikni ochishga ko`ndirgan. THG xodimlari xonaga kirganda huquqbuzarning yonida o`tkir tig`li pichoqlar va shurup qotirish uskunasi borligi aniqlangan. Ushbu hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo`q.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari Andijon shahar IIB tomonidan olib borilmoqda.






