AsosiyJinoyat

Karmanada kredit mablag`larini o`zlashtirgan MChJ rahbarlari aniqlandi

'Karmanada kredit mablag`larini o`zlashtirgan MChJ rahbarlari aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Karmana tuman bo`limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Unda, “A.Z.” MChJ rahbari A.Yu. va “R.L.” MChJ mas`ul shaxslari o`zaro til biriktirib, tadbirkor I.Sh.ning ishonchiga kirib, unga qarashli issiqxona hujjatlarini qalbakilashtirish orqali “A.Z.” MChJ nomiga hududiy tijorat banki filialidan 980 mln so`m imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, ushbu kredit mablag`larini naqdlashtirib olib, o`zganing mulkini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar