AsosiyShou-biznes

O`zbek shou-biznesi vakillaridan biri uylandi(Foto)

29 iyul kuni o`zbek shou-biznesi olamida yangi bir oila bunyod etildi. Poytaxtdagi “Charog`on” restorani shu kuni yulduzlar yog`dusiga to`ldi. Bu haqda “Fattohhon.com” xabar bermoqda

Anchadan beri ko`rinmay qolgan xonanda Alisher Rahmatullaev Zilolaxon ismli qizga uylanib, bo`ydoqlik bilan xayrlashdi. Ikki yoshni nikoh oqshomi bilan qutlash uchun ko`plab san`atkorlar tashrif buyurdi. Manzura, Ziyoda, Ulug`bek Rahmatullaev, Doston Ubaydullaev kabi san`atkorlar shular jumlasidan. 

— Bundan 2 oy avval “O`zbeknavo” Estrada Birlashmasidan Lisenziya olib, o`z ijodiy faoliyatimni qayta boshladim. 

Ijodimda ilk xit darajasiga chiqqan qo`shig`im “Chora-chora”ni yangi talqinda kuylab, unga klipmeyker rejissyor Jonrid tomonidan klip suratga oldirdik. Rafiqam Zilolaxon unda suratga tushgan, ammo aktrisa emas! U Yuridik kollejni tamomlagan, hozirda uy bekasi. Lekin, san`at borasida mahorati kuchli, shu sababli ham, rafiqamni klipimda suratga tushishiga qarshilik qilmadim. Qolaversa, yana bir yangi “Nolam” qo`shig`ini Zilolaxon bilan birga duet tarzida kuylab, unga ham klip suratga oldirdik,—dedi Alisher Rahmatullaev sayt bilan suhbatda.

Boshqa yangiliklar