AsosiyShou-biznes

O`zbekiston xalq artisti Nuriddin Haydarov hayot bo`lganida 59 yoshni qarshilardi

O`zbekiston xalq artisti, el ardog`idagi marhum san`atkor Nuriddin Xaydarov bugun hayot bo`lganida 59 yoshni qarshilardi. Xalq orasida “ Yur muxabbat”, “Yulduzim”,  “Do`lana”,  “Do`stim, meni aldama”,  “Davlating borida” kabi  qo`shiqlari ommalashgan    Nuriddin Xaydarov  1957 yili 1 avgust kuni Toshkent viloyatining Oqqo`rg`on tumanida  tavallud topgan.  

U   qo`shiqchilik  san`atida 30 yil faoliyat olib bordi, 200 dan ortiq mualliflik taronalari  ijro etdi.  

Ashaddiy muxlislari qalbidan chuqur o`rin egallagan O`zbekiston xalq artisti Nuriddin Xaydarov  2004 yil  4 oktyabrda  Toshkent shahrida shifoxonada vafot etgan. Endigina san`at olamiga kirib kelgan  farzandi Hojiakbar Haydarov esa ayni kunlarda  otasining ijod yo`nalishini davom ettirib, yangidan-yangi  taronalar yaratmoqda.

“Otam tiriklik davrlarida biz juda yosh bola bo`lishimizga qaramasdan doimo o`z oldilariga o`tqazib, pand-nasihat berardilar. ‘Sabr-toqat  va mehnat muvaffaqiyatning birinchi shartidir. Har bir yumushni bajarishda sergak va irodali bo`lgin, zero irodasi mustahkam bo`lmagan inson uchun   hech qanday omadga ham, ertangi oydin kelajakka ham   yo`l yo`q’, der edilar. Shunday  ekan men  ham  otam izidan borib, unga munosib farzand  bo`lishga harakat qilaman. San`at sohasida, xayotda ham aytgan o`gitlariga amal qilaman”,—deydi marhum san`atkorning o`g`li Hojiakbar Haydarov.

Boshqa yangiliklar