1

O`zbekiston uchun Boku-Tbilisi-Kars temir yo`lining tranzit salohiyatidan foydalanish muhim ahamiyatga ega — Vladimir Norov

Siyosat 02.08.2022, 13:54
O`zbekiston uchun Boku-Tbilisi-Kars temir yo`lining tranzit salohiyatidan foydalanish muhim ahamiyatga ega — Vladimir Norov

O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov "O`zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya" muloqot formatining yig`ilishida nutq so`zladi.

Vazirning qayd etishicha, "O`zbekiston – Ozarbayjon - Turkiya" muloqotining ta`sis etilishi xalqaro munosabatlar va global iqtisodiyotda ro`y berayotgan tez o`zgaruvchan va mavhum jarayonlarni hisobga olgan holda har qachongidan ham dolzarbdir.

— Uch mamlakat rahbarlari o`rtasida o`rnatilgan mazmunli muloqot, yuqori darajadagi ishonch va o`zaro tushunish o`zaro hurmat va qo`llab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan munosabatlarni rivojlantirishga kuchli turtki bermoqda. Umumiy sa`y-harakatlarimiz samarasi o`laroq faqat so`nggi besh yil ichida O`zbekiston va Ozarbayjon o`rtasidagi tovar aylanmasi qariyb etti baravar, Turkiya bilan esa ikki yarim baravar ko`paydi. Ushbu ijobiy tendensiya, albatta, bu yil ham davom etadi. Ozarbayjon va Turkiya bilan iqtisodiy hamkorlikning erishilgan yuqori suratlari hali-hamon mavjud aloqalar salohiyatiga to`la javob bermaydi.

Bugungi kunda o`zaro manfaatli sheriklikning mavjud imkoniyatlaridan to`la foydalanish uchun barcha sharoitlar mavjud. Mamlakatlarimizning mintaqalararo transport yo`laklarini rivojlantirishga intilishi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. O`zbekiston uchun Boku-Tbilisi-Kars temir yo`lining tranzit salohiyatidan foydalanish muhim ahamiyatga ega", - dedi Norov

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1