O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun O`zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya vazirlarining uch tomonlama yig`ilishi tadbirlarida ishtirok etayotgan Ozarbayjon delegasiyasini qabul qildi.
Ozarbayjon tomonidan tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov, iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborov hamda raqamli rivojlanish va transport vaziri Rashad Nabiev ishtirok etdi.
Ikki davlat etakchilarining kelishuvlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Savdo, investisiya, transport, logistika, sanoat va qishloq xo`jaligi sohalarida aniq loyihalarni ilgari surishni jadallashtirishga alohida e`tibor qaratildi.






