AsosiyJinoyat

O`zbekistonda zo`ravonlikda ayblanib, qidiruvda bo`lgan jinoyatchi Polshadan ushlab kelindi

'O`zbekistonda zo`ravonlikda ayblanib, qidiruvda bo`lgan jinoyatchi Polshadan ushlab kelindi'ning rasmi

O`tgan yilning avgust oyidan beri xalqaro qidiruvda bo`lgan O`zbekiston fuqarosi Polshada qo`lga olinib, Toshkentga ekstradisiya qilindi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

2021 yilning avgust oyidan beri huquq-tartibot idoralari tomonidan zo`rlashda ayblanib, qidiruvda bo`lgan O`zbekiston fuqarosi M.N. Interpolning O`zbekistondagi MMB xodimlari hamkorligida Varshavadan Toshkentga ekstradisiya qilindi.

Ta`kidlanishicha, joriy yilning yanvar oyida jinoyatchi Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvga berilgan. Mart oyida esa polshalik hamkorlar tomonidan M.N. Polsha hududiga kirganligi haqida xabar keladi.

Shundan so`ng Interpolning O`zbekistondagi MMB xodimlari tomonidan qidiruvdagi shaxsni aniqlash va qo`lga olish borasida sa`y-harakatlar boshlab yuborildi va prosessual hujjatlar bo`yicha tezkor qidiruv tadbirlari amalga oshirildi, buning natijasida M.N. ushlandi.

Ekstradisiya talabi qanoatlantirilgandan so`ng, huquqbuzar munosib jazo olish uchun O`zbekistonga qaytarildi.

    Boshqa yangiliklar