Avval xabar qilganimizdek, «O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o`ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko`rish va uni yuqori saviyada o`tkazish to`g`risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.
Unga ko`ra, Mustaqillik bayrami munosabati bilan o`zbekistonliklar 4 kun ketma-ket dam oladi. Ya`ni:
2022 yil 1 sentyabr — payshanba (ishlanmaydigan bayram kuni);
2022 yil 2 sentyabr — juma (qo`shimcha ishlanmaydigan kun - ish haftasi turidan qat`i nazar);
2022 yil 3 sentyabr — shanba (qo`shimcha ishlanmaydigan kun - olti kunlik ish haftasi bo`lgan xodimlar uchun);
2022 yil 4 sentyabr — yakshanba (taqvim bo`yicha dam olish kuni).
Eslatib o`tamiz, hujjatga ko`ra, bu yil Mustaqilliku bayrami "Yangi O`zbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh shior ostida nishonlanadi.






