AsosiyJamiyat

Qirg`izistonda elektr iste`moli eng yuqori tarixiy darajaga etgani aytilmoqda

'Qirg`izistonda elektr iste`moli eng yuqori tarixiy darajaga etgani aytilmoqda'ning rasmi

Qirg`izistonda iyul oyidagi anomal issiq oqibatida elektr iste`moli eng yuqori tarixiy darajaga etdi. “Milliy elektr tarmog`i” shirkatining bildirishicha, 27 iyulda mamlakatda 35 million 353 ming kilovatt-soat elektr energiyasi iste`mol qilingan.

Rasman bildirilishicha, shu kunlarda o`rtacha bir sutkalik iste`mol darajasi 34 million 300 ming kilovatt-soatni tashkil etmoqda. 2021 yilning mos davrida o`rtacha bir sutkalik iste`mol 32 million 76 ming kilovatt-soatni, 2020 yilda 28 million 55 ming kilovatt-soatni tashkil qilgan.

Avvalroq anomal issiq tufayli O`zbekistonda elektr energiyasi iste`moli tabiiy ravishda eng yuqori ko`rsatkichni tashkil qilgani to`g`risida xabar berilgandi.

Energetika vazirligining bildirishicha, 2021 yilning yoz mavsumida O`zbekistonda sutkasiga 224 million kilovatt-soat elektr quvvati iste`mol qilingan. Joriy yilning 22 iyulida esa shu kungacha bo`lgan eng yuqori iste`mol qayd etilib, u sutkasiga 237 million kilovatt-soatni tashkil qildi.

    Boshqa yangiliklar