Kecha yurtimizda 37 nafar kishida koronavirus aniqlanib, kasallikdan 60 nafarga yaqin bemor sog`aydi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 3 avgust holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 243232 (+37) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
-3 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
-1 nafari Andijon viloyatida,
-3 nafari Buxoro viloyatida,
-2 nafari Jizzax viloyatida,
-3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
-2 nafari Navoiy viloyatida,
-2 nafari Namangan viloyatida,
-4 nafari Samarqand viloyatida,
- 2 nafari Farg`ona viloyatida,
-3 nafari Xorazm viloyatida,
-4 nafari Toshkent viloyatida,
-8 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kasallikdan sog`ayganlar jami 240478 (+58) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.






