AsosiyJamiyat

Qozog`istonda zo`ravonlik bilan qo`rqitib, uyda saqlangan 10 nafar o`zbekistonlik qutqarib olindi

'Qozog`istonda zo`ravonlik bilan qo`rqitib, uyda saqlangan 10 nafar o`zbekistonlik qutqarib olindi'ning rasmi

O`zbekiston Bosh konsulligi Olmaotada og`ir ahvolga tushib qolgan vatandoshlarning eson-omon vataniga qaytishiga ko`maklashdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, O`zbekistonning 3 nafar fuqarosi mehnatdan foydalanish maqsadida majburan ushlab turilgan 10 nafar vatandoshimizni qutqarishda yordam so`rab mamlakatimiz Bosh konsulligiga murojaat qilgan.

Murojaatchilarning aytishicha, bir guruh mahalliy aholi ularni zo`ravonlik bilan qo`rqitib, shaxsiy uyida saqlagan, shaxsiy buyumlari va uyali telefonlarini olib qo`ygan.

Bosh konsullik xodimlari Olmaota shahar huquq-tartibot idoralari vakillari bilan birgalikda O`zbekiston fuqarolari joylashgan joyga borishdi, shundan so`ng fuqarolar Bo`stondiq tuman IIBga olib ketildi. Jinoyatchilarga nisbatan Qozog`iston Jinoyat kodeksining 389-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

“Rodnik” jamoat fondi bilan birgalikda fuqarolar 3 mahal ovqatlanadigan yotoqxonaga joylashtirildi. Tergov tadbirlari o`tkazilib, O`zbekiston fuqarolariga milliy pasportlari va shaxsiy buyumlari qaytarilgach, 1 avgust kuni barcha fuqarolar Olmaota-Toshkent yo`nalishidagi avtovokzalga kuzatib qo`yildi. Fuqarolar O`zbekistonga eson-omon etib kelishgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar