AsosiyJamiyat

Namanganlik 80 yoshli otaxon "metrka" oldi

'Namanganlik 80 yoshli otaxon "metrka" oldi'ning rasmi

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi “Ozod” mahalla fuqarolar yig`inida istiqomat qiluvchi Muxtorxon Dadaxonov tuman Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo`limiga ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda. 

Ming oyni ortda qoldirgan nuroniyning mazkur murojaati o`rganilganda 1942 yilda tug`ilgan ushbu fuqaro turli sabablarga ko`ra tug`ilganlik guvohnomasini olmagan.

Tuman FHDYo bo`limi tomonidan mehnat faxriysiga arizasiga muvofiq birinchi marta tug`ilganlik haqidagi guvohnomasi qayd etildi.

-  Yurtimizda inson qadrini ulug`lash bo`yicha olib borilayotgan ishlar tahsinga loyiq, - deydi Muxtorxon Dadaxonov. - Ayniqsa, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda yangicha tizimga o`tilgani mushkulimizni oson qilmoqda. Bundan 7-8 yil oldingi davrni hozirgisi bilan solishtirsak er bilan osmoncha farq bor. Avvallari bir yumush bilan davlat tashkilotiga borsangiz,  siz uchun arzimasdek tuyilgan ishingizni bitishiga kunlab vaqt sarf etilardi. Mana hozir qaysi idoraga bormang ishingiz tez va sifatli hal bo`lmoqda. Shu zaminda tug`ilib, ma`lum muddat turli sabablarga ko`ra boshqa davlatda ham yashadim. Lekin, o`sha kezlari tug`ilganlik guvohnomam yo`qligidan juda ko`p qiynalganman. Oradan shuncha vaqtlar o`tib, 80 yoshga to`lgan kezda muhim hujjatimni oldim.

Ma`lumot o`rnida, Kosonsoy tumani FHDYo bo`limi tomonidan joriy yilning olti oyi davomida 98 ta nikoh tuzilganligi haqida va 515 ta tug`ilish kabi dalolatnoma yozuvlari qayd etilgan.

Eslatib o`tamiz, avvalroq jomboylik 74 yoshli onaxon tug`ilganlik guvohnomasini olgan edi.

    Boshqa yangiliklar