Vatanimiz mustaqilligining 25 yilligi arafasida Namangan viloyati Kosonsoy tumani “Ququmboy” qishloq fuqarolar yig`ini hududidagi Buloq massivida namunaviy loyihalar asosidagi 54 turar-joy foydalanishga topshiriladi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
“Hozirgacha 10 dan ortiq uy o`z egalariga topshirildi. Ushbu zamonaviy uylarda yaratilgan sharoit va qulayliklar aholiga manzur bo`lmoqda”,—deyiladi xabarda.





