AsosiyJamiyat

Sirdaryo viloyati logotipini yaratish bo`yicha tanlov e`lon qilindi

'Sirdaryo viloyati logotipini yaratish bo`yicha tanlov e`lon qilindi'ning rasmi

️2023 yil Sirdaryo viloyati tashkil topganiga 60 yil to`ladi. Shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati hokimligi, Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi, O`zbekiston Badiiy akademiyasi eng yaxshi logotip dizaynini yaratish bo`yicha tanlov e`lon qildi.  

Logotipda Sirdaryo viloyatining tabiati, tarixi, madaniyati va taraqqiyot yo`li o`z ifodasini topishi lozim.  

Ijodiy ishlar tanlov hay`ati tomonidan 2022 yil 15 avgustdan 21 oktyabrgacha qabul qilinadi va g`oliblar 8 dekabr kuni e`lon qilinadi.  

Tanlov g`olibi 25 millon so`m pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Shuningdek, 10 ta eng yaxshi ijodiy ish qo`shimcha rag`batlantiriladi.  

Ijodiy ishlar quyidagi elektron manzil orqali qabul qilinadi: Logosirdaryo@umail.uz
Qo`shimcha ma`lumot uchun telefon:  (67) 235-35-35

    Boshqa yangiliklar