Kuni kecha, Farg`ona viloyati FVB markaziy dispetcherlik xizmatiga Yozyovon tumanida yashovchi fuqaro Toshloq tumanidan oqib o`tuvchi janubiy katta Farg`ona kanali yonida xarakatlanib kelayotib, o`zining extiyotsizligi oqibatida boshqaruvni yo`qotib, zil avtomobiliga ortilgan yuki bilan kanalga tushib ketganligi bo`yicha xabar kelib tushgan. Bu haqda FVB Matbuot xizmati ma`lum qilmoqda.
Kelib tushgan xabarga asosan, FVB Maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv otiryadi g`ovvos qutqaruvchilari tomonidan fuqaroning maxsus yuk ko`tarish krani yordamida avtomobili olib chiqildi. Xodisa oqibatida jabirlangan va jaroxatlanganlar yo`q.






