AsosiyDunyo

O`zbekiston-Qozog`iston davlat chegarasini demarkasiya qilish to`g`risidagi shartnoma loyihasi bo`yicha kelishuvga erishildi

'O`zbekiston-Qozog`iston davlat chegarasini demarkasiya qilish to`g`risidagi shartnoma loyihasi bo`yicha kelishuvga erishildi'ning rasmi

25 iyul – 5 avgust kunlari Olma-ota shahrida O`zbekiston-Qozog`iston qo`shma demarkasiya komissiyasidagi O`zbekiston va Qozog`iston hukumat delegasiyalarining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Muzokaralarda O`zbekiston-Qozog`iston davlat chegarasini demarkasiya qilish to`g`risidagi ikki tomonlama shartnoma loyihasining matni bo`yicha kelishuvga erishildi va chegarani demarkasiya qilish bo`yicha yakuniy hujjatlar loyihalari jamlanmasini shakllantirish yakunlandi.

Navbatdagi uchrashuv diplomatik kanallar orqali kelishilgan sanada O`zbekistonda tashkil etiladi.

    Boshqa yangiliklar