AsosiyJamiyat

Nishon hokimining birinchi o`rinbosari xizmat avtomobilida fuqaroni urib ketdi. Piyoda vafot etgan

'Nishon hokimining birinchi o`rinbosari xizmat avtomobilida fuqaroni urib ketdi. Piyoda vafot etgan'ning rasmi

Nishon hokimining birinchi o`rinbosari xizmat avtomobilida YTH sodir etib, 49 yoshli fuqaro o`limiga sababchi bo`ldi. Bu haqdagi hujjat surati ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. 

Hujjatga ko`ra, yo`l-transport hodisasi 30 iyul kuni soat tungi 23:50 da sodir bo`lgan. 

"Yangi Nishon" MFYda yashovchi Nishon tumani hokimining birinchi o`rinbosari Erkin Boboqulov o`zining boshqaruvida bo`lgan "Gentra" rusumli avtomashinasini Qarshi shahar Katta halqa yo`li bo`ylab Chiroqchi tumani tomon ketayotgan vaqtida fuqaroni urib yuborgan. Jabrlanuvchi vafot etgan.

Hozirda hodisa yuzasidan rasmiy idoralar tomonidan ma`lumot taqdim etilmagan. 

    Boshqa yangiliklar