⚡️Mandat qachon chiqishi ma`lum qilindi

Jamiyat 08.08.2022, 20:41
⚡️Mandat qachon chiqishi ma`lum qilindi

Bu yil ham abiturientlar necha ball to`plaganlarini test topshirgan kunining ertasiga bilishi mumkin. DTM direktori o`rinbosari Sardor Rajabov buni ma`lum qildi

Uning so`zlariga ko`ra, yakuniy javoblar (mandat) imtihonlar yakunlanganidan keyin 1 hafta ichida e`lon qilinadi.

DTM mutaxassisi G`ayrat Yo`ldoshevning aniqlik kiritishicha, mandat e`lon qilinishi 26-27 avgust sanalariga to`g`ri kelishi kutilmoqda.

Eslatib o`tamiz, so`nggi imtihonlar 20 avgust kuni bo`lib o`tadi.

Apellyasiya arizalari 21 avgustdan 30 avgustgacha qabul qilinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1