AsosiyJamiyat

Yaponiya bosh vazirining rafiqasi O`zbekistonga keldi

O`zbekiston Respublikasi bilan Yaponiya o`rtasida ko`p qirrali hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib bormoqda. 

Ikki mamlakatning madaniy-gumanitar sohadagi o`zaro hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va kengaytirish maqsadida 2016 yil 3 avgust kuni Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abening rafiqasi Akie Abe hamda yapon madaniyat va san`at namoyandalaridan iborat delegasiya mamlakatimizga tashrif buyurdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda

Toshkent xalqaro aeroportida Yaponiya Bosh vazirining rafiqasi Akie Abeni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining rafiqasi Tatyana Karimova kutib oldi. 

Delegasiyaning tashrifi davomida Ikkinchi jahon urushi yillarida taqdir taqozosi bilan yurtimizga kelib qolgan yapon askarlari dafn etilgan xotira majmuasini ziyorat qilish, O`zbekiston Amaliy san`at muzeyi bilan tanishish, Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida Yaponiyaning «Dram Tao» ijodiy jamoasining konsert dasturi namoyish etilishi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar