1

"60%ga yaqin holatda madaniy meros ob`ektlarini saqlash, foydalanish bo`yicha talablar qo`pol ravishda buzilgan"

Jamiyat 10.08.2022, 21:48
"60%ga yaqin holatda madaniy meros ob`ektlarini saqlash, foydalanish bo`yicha talablar qo`pol ravishda buzilgan"

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Madaniy meros agentligi axborot xizmati rahbari Mohinur Imomova xabar berdi.

Ta`kidlanishicha, ishchi guruhning o`rganishlari natijasida mamlakat hududida joylashgan davlat mulki bo`lgan 8210 ta madaniy meros ob`ektidan 740 tasida ijara shartnomasi tuzilgani aniqlangan. Uzoq muddatga ijaraga berilgan madaniy meros ob`ektlari esa 23 tani tashkil qiladi.

Bundan tashqari, moddiy madaniy merosning ko`chmas mulk ob`ektlarini foydalanishga (ijaraga) berish va ulardan foydalanishda qonun xujjatlariga rioya etilishi holatini o`rganishda 15 mlrd 365 mln 19 836 so`m debitor qarzdorlik aniqlangani aytiladi.

O`zganishlar natijasida 60%ga yaqin holatda madaniy meros ob`ektlarini saqlash, foydalanishga berish va ulardan foydalanish bo`yicha talablarni qo`pol ravishda buzilganligi aniqlandi va vaziyatga huquqiy baho berish uchun to`plangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.

"Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ishchi guruh tashkil qilgan holda “Ichan-qal`a” davlat muzey-qo`riqxonasi hududidagi jami 70 dan ortiq tadbirkorlar bilan 2022 yil uchun uch tomonlama shartnomalar imzolangan va qolgan 50 dan ortiq tadbirkorlar bilan shartnomalar imzolash bo`yicha ko`rsatmalar berildi",-deydi Mohinur Imomova. 

Ma`lumot o`rnida, “2022-2023 yillarda muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar dasturi"ga muvofiq “Madaniy meros kodeksi”ni ishlab chiqish belgilanmoqda.

Qayd etilishicha, ishlab chiqilayotgan kodeks loyihasi 6 ta bo`lim, 23 ta bob va 154 ta moddadan iborat bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1