Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi Axborot xizmati xabar qildi va marhumning oila a`zolari hamda yaqinlariga ta`ziya bildirdi.
O`zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi ko`p yillar diniy sohada xizmat qilgan Samarqand viloyati Urgut tumani bosh imom-xatibi Shodi domla Xaqberdievning vafoti munosabati bilan u kishining barcha oila a`zolariga chuqur ta`ziya izhor etadi.
Alloh taolo marhum ulamo Shodi domlani O`z mag`firatiga olsin, iymonlarini salomat qilsin, solih amallarini o`zlariga hamroh aylasin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!
Haq taolo marhumning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin.
O`zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o`qituvchi-mudarrislari nomidan marhum ulamoning oila a`zolari, yor-birodarlari, yaqinlariga hamdardlik bildiramiz, deyiladi xabarda.