AsosiyJamiyat

Shahrisabzda 27,5 ming AQSh dollariga baholangan er savdosi "pishmay qoldi"

'Shahrisabzda 27,5 ming AQSh dollariga baholangan er savdosi "pishmay qoldi"'ning rasmi

Shahrisabz shahrida er savdosi bilan bog`liq firibgarlik holati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahar bo`limi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.A. boshqa bir fuqaro B.ni tumandagi 17,3 sotix er maydonini go`yoki o`zining rahbarligidagi MChJga tegishli ekanligiga ishontirib, tanishlari orqali hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va`da qilib, evaziga fuqaroning 27,5 ming AQSh dollarini qo`lga kiritganligi aniqlanib, olgan pullari hisobidan 100 AQSh dollarini qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar