1

AQShda Pokemon Go o`yini sharafiga haykal o`rnatildi

Dunyo 04.08.2016, 16:55
AQShda Pokemon Go o`yini sharafiga haykal o`rnatildi

AQShning Yangi Orlean shahrida joylashgan madaniyat va istirohat bog`ida pokemonga atab haykal o`rnatildi. Bu haqda “Vesti” nashri xabar bermoqda

Tobora ommalashib borayotgan Pokemon Go o`yini bog` markazidagi favvora o`rtasiga o`rnatilgan. Haykal o`yin qahramonlaridan biri Pikachga juda o`xshaydi.

U qo`llarini ko`ksiga qo`yib turgan holda yaratilgan. Haykalning o`tkir nigohlari esa oldinga qarab turibdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, haykal qisqa vaqt ichida shaharning asosiy diqqatga sazovor san`at asariga aylangan. Har kuni yuzlab insonlar o`z oila a`zolari bilan kelib, u bilan suratga tushmoqda. 

Pokemon GO o`yini butun dunyoda tobora ommalashib bormoqda. Uni bir kunda 20 milliondan ortiq kishi o`ynaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1