AsosiyJamiyat

“Bugun metallurgiya sohasi istiqbollarini sizlar bilan birga belgilab olish uchun keldim”. Prezident Bekobod shahrida metallurglar bilan uchrashmoqda

'“Bugun metallurgiya sohasi istiqbollarini sizlar bilan birga belgilab olish uchun keldim”. Prezident Bekobod shahrida metallurglar bilan uchrashmoqda'ning rasmi

Bugun, 12 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoev Bekobod shahriga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari dastlab metallurgiya tarmog`ining ishlab chiqarish quvvatlarida olib borilayotgan ishlarni ko`zdan kechirdi. Ayni paytda metallurgiya sohasi vakillari va tadbirkorlar bilan uchrashuv o`tkazmoqda.

–Bugun metallurglar shahri – Bekobodda amalga oshirilayotgan yirik loyihalarning borishi bilan tanishish hamda metallurgiya sohasi istiqbollarini sizlar bilan birga belgilab olish uchun keldim. O`tgan asrning qirqinchi yillarida ishga tushgan O`zbekiston metallurgiya kombinati uzoq yillar mamlakatimizda qora metallurgiya sohasida yagona yirik korxona bo`lib kelgan edi. So`nggi besh yildagi islohotlarimiz natijasida 200 ta yangi korxona tashkil etildi va o`tgan yilning o`zida sohada 16 trillion so`mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi (2017 yilda 4 trillion so`m bo`lgan),– dedi davlatimiz rahbari. – Ushbu korxonalarda 25 mingdan ziyod aholimiz mehnat qilmoqda. Sohada temir va temir mahsulotlari ishlab chiqarish 1,8 barobar o`sib, 2 million tonnadan ko`paydi. Kelgusida esa, birgina hozir borib ko`rgan Quyuv prokat majmuasida yiliga yana 1 million tonna po`lat listlari ishlab chiqariladi. Mazkur loyiha ishga tushgach, kombinat quvvatlari 2 baravarga oshadi. Ya`ni, ko`z oldimizda, mamlakatimizning yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi tarmog`i – zamonaviy qora metallurgiya sanoati bunyod etilmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar