4 avgust kuni soat 16:00dan boshlab yangi "Milliy" (MTV) telekanali sinov rejimida ishga tushirildi.
Kanal efiri sutkada 17 soat - ertalabki soat 7:00 dan kechki 23:00 ga qadar davom etadi. Bu haqda Uz24 xabar bermoqda.
MTV telekanalida o`zbek va xorij musiqasi yulduzlarining ommabop kliplari, eksklyuziv ko`ngilochar dasturlar va tok-shoular, xit-paradlar, konsertlar, yuqori sifatli badiiy filmlar hamda milliy va chet el seriallari namoyish etiladi.
Kanal rotasiyasida har qanday yosh va did sohiblari uchun qo`shiqlar taqdim etiladi. Bundan tashqari, MTV'ning dasturlar jadvalidan ilmiy-ommabop ko`rsatuvlar ham o`rin oladi.





